Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Arda Gyuler UEFA Chempionlar ligasi 2025/26 mavsumining kashfiyoti deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu mukofot avval topshirilgan «mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi» sovrini o‘rnini egalladi.
Mazkur sovrinni futbolchi faoliyati davomida faqat bir marta qo‘lga kiritishi mumkin.
Guler yakunlangan Chempionlar ligasi mavsumida 14 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. Umuman olganda, turkiyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 51 ta o‘yinda ishtirok etdi.
U ushbu bahslarda 6 ta gol urib, 14 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Arda Gulerning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 90 million yevroga baholamoqda.