"PSJ" "Vest Hem" futbolchilarini sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
Foot Mercato ma'lumotiga ko'ra, parijliklar londonliklar bilan aloqaga chiqqan. Fransiya klubi yarimhimoyachilar Mateush Fernandesh va Krisensio Sammervillni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
"Vest Hem" portugaliyalik Fernandeshni 80 million yevro, niderlandiyalik Sammervillni esa taxminan 50 million yevroga baholamoqda.
Ta'kidlanishicha, "PSJ" rahbariyati "bolg'achilar"ning o'z moliyaviy holatini tezkor ravishda yaxshilash zaruratidan foydalanib, transferni nisbatan arzonroq qiymatda amalga oshirishni maqsad qilgan.
Hozircha Parij klubi tomonidan rasmiy taklif yuborilmagan.
"PSJ" "Vest Hem"ning ikki yarimhimoyachisiga qiziqmoqda
Futbol
12 iyun, 04:05
Parij klubi Chempionshipga tushib ketgan "bolg'achilar"ning moliyaviy muammolaridan foydalanib qolmoqchi.
Foto: Getty Images