«Pari Sen-Jermen» klubi golkiperi Lyuka Shevale bir qator klublar qiziqishiga sababchi bo‘lmoqda.
Jurnalist Loik Tanzining xabariga ko‘ra, fransiyalik kiper uchun yozgi transfer oynasi vaqtida Angliyaning «Tottenhem» va Turkiyaning «Beshiktosh» klublari kurashadi.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli Lyuka Shevale parijliklar safiga o‘tgan yil yozda «Lill»dan 40 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Biroq asosiy tarkib uchun kurashda Matvey Safonovga yutqazdi.