«PSJ» klubi «Liverpul»ga birdaniga bir nechta futbolchisini taklif qildi.
Jurnalist Uilson Koksning ma'lumotlariga ko'ra, parijliklar ingliz klubiga Ilya Zabarny, Lukas Beraldo va Uorren Zair-Emerini taklif qilishgan.
Shu bilan birga, «PSJ»ning eng aniq taklifi Zabarnyni taxminan 57 million funt sterling evaziga majburiy sotib olish huquqi bilan ijaraga olish kelishuviga tegishli.
«Liverpul» hozirda yarimhimoyachi pozitsiyasi uchun boshqa transfer maqsadlariga, jumladan, «Bornmut» xavbek Aleks Skottga ustuvorlik bermoqda.
«Qizillar»ning Zabarny borasidagi pozitsiyasi noma'lumligicha qolmoqda.