Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
«Liverpul»ning niderlandiyalik yarimhimoyachisi Rayan Gravenberx APLni tark etishi mumkin. Yarimhimoyachiga Ispaniya grandi qiziqish bildirmoqda.
Ispaniyaning Fichajes jurnalistlarining ma’lumotiga ko‘ra, Madridning «Real» klubi Gravenberx xizmatlariga qiziqib qolgan. «Qaymoqranglilar» Rayanni kelasi mavsumda tarkibni kuchaytirish uchun nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Niderlandiyalikning bozor narxi 80 million yevroni tashkil qiladi. Uning «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi 2032-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Gravenberx APLning o‘tgan mavsumida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.