Live
4
O'zbek

«PSJ» Rojers uchun 115 mln yevro sarflashga tayyor — manba

Futbol
9 iyun, 12:10
Morgan xizmatiga «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«PSJ» Rojers uchun 115 mln yevro sarflashga tayyor — manba
Фото: Getty Images

«Aston Villa» yarimhimoyachisi Morgan Rojers faoliyatini «PSJ»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Parij klubi angliyalik 23 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Klub uning transferiga 115 million yevro sarflashga tayyor.

Qayd etilishicha, Morgan xizmatiga «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.

Yakunlangan mavsumda havbek barcha turnirlarda 55 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 14 ta gol va 12 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Yevropa Ligasida esa eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar