Live
1
O'zbek

Fransiya chempionatining eng ko'p narxi oshgan futbolchilari e'lon qilindi

Futbol
1 iyun, 10:48
Top-10dan 6 nafarini Parij jamoasi futbolchilari tashkil etadi.
Fransiya chempionatining eng ko'p narxi oshgan futbolchilari e'lon qilindi
Фото: Getty Images

«PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya Transfermarkt portali talqiniga ko'ra Fransiya chempionatining narxi eng ko'p oshgan futbolchilari reytingini boshqardi.

Gruziyalik futbolchining bozor qiymati 50 mln yevroga yuqoriladi. Endilikda uning bozor qiymati 140 mln yevroni tashkil etadi.

«PSJ» futbolchilari Vitinya va Joau Nevesh uchlikni yakunlab bergan. Bu o'yinchilarning narxlari 30 million yevroga oshgan.

Liga 1ning narxi eng ko'p oshgan futbolchilari Top-10:

1. Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ») — 140 mln yevro (+ 50 mln yevro).
2. Vitinya («PSJ») — 140 mln yevro (+ 30 mln yevro).
3. Joau Nevesh («PSJ») — 140 mln yevro (+ 30 mln yevro).
4. Dezir Dué («PSJ») — 120 mln yevro (+ 30 mln yevro).
5. Uorren Zair-Emeri («PSJ») — 80 mln yevro (+ 20 mln yevro).
6. Esteban Lepol («Renn») — 35 mln yevro (+ 15 mln yevro).
7. Vilyam Pacho («PSJ») — 80 mln yevro (+ 10 mln yevro).
8. Folarin Balogun («Monako») — 40 mln yevro (+ 10 mln yevro).
9. Mamadu Sangare («Lans») — 40 mln yevro (+ 10 mln yevro).
10. Ismoil Ganiu («Lans») — 20 mln yevro (+ 10 mln yevro).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar