«Strasburg» klubi Ugu Oliveyrani jamoa bosh murabbiyi etib tayinlaganini e'lon qildi.
Klub bayonotida ta'kidlanishicha, portugaliyalik mutaxassis hujumkor va zamonaviy futbolga sodiqligi bilan tanilgan. Uning jamoalari tashabbusni o'z qo'lida ushlash, to'pni va o'yin sur'atini nazorat qilish, shuningdek, to'pni tezda qaytarib olish uchun yuqori bosim (pressing) qo'llashi bilan ajralib turadi.
«Bu yerda, Strasburgda bo'lish va tarixi hamda yuksak maqsadlari uyg'unlashgan shunday ajoyib loyihaning bir qismiga aylanish — men uchun katta sharaf. Muxlislarga yorqin his-tuyg'ular ulashishni, unutilmas xotiralar yaratishni va klubning yanada rivojlanishi uchun bor kuchimni sarflashni istayman», — deya Oliveyraning so'zlarini keltiradi fransuz klubi matbuot xizmati.
Oliveyraning so'nggi ish joyi «Famalikan» bo'lib, u jamoani o'tgan mavsumda Portugaliya Primeyra-ligasi doirasida klub tarixidagi eng yaxshi natija — 5-o'ringa olib chiqqan.
Shuningdek, Ugu avvalroq 7 yil davomida Marku Silvaning murabbiylar shtabida faoliyat yuritib, u bilan «Fulhem», «Everton», «Hall Siti» va «Uotford» klublarida birgalikda ishlagan.
«Strasburg» portugaliyalik mutaxassisni bosh murabbiy etib tayinladi
Futbol
12 iyul, 17:25
Hujumkor futbolni xush ko'radigan murabbiy uzoq vaqt Marku Silvaga assistentlik qilgan.
Foto: Strasbourg