"Monako" klubi Filipe Luis bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi.
Braziliyalik 40 yoshli mutaxassis Liga 1 klubi bilan 2028 yil iyunigacha mo'ljallangan ikki yillik shartnoma imzoladi. U bu lavozimda Sebastian Pokoniolini almashtirdi — belgiya mutaxassisi mavsum yakunida monegaskliklar bosh murabbiyligidan ishdan bo'shatilgandi.
Filipe Luis mart oyida "Flamengo"dan ham iste'foga chiqarilgandi. U jamoa bilan Braziliya chempionati, kubogi va superkubogi, shuningdek Libertadores kubogida g'olib chiqqandi.
Eslatib o'tamiz, Luis futbolchilik faoliyatida himoyachi bo'lgan va "Atletiko" hamda "Chelsi" kabi klublardagi faoliyati bilan tanilgan.
Filipe Luis — "Monako" bosh murabbiyi
Futbol
6 iyul, 10:00
Libertadores kubogi va Braziliya chempionatini yutgan 40 yoshli mutaxassis faoliyatini Yevropada davom ettiradi.
Foto: Monaco