Live
2
O'zbek

Marsial faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

Futbol
23 iyun, 08:51
U yaqinda «Monterrey»ni tark etgandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Marsial faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Antoni Marsial faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato xabar bermoqda.

U yaqinda «Monterrey»dan ketgach, erkin agentga aylandi. Biroq uning moliyaviy talablari Fransiya klublariga noqulaylik tug'dirmoqda. Faqatgina «Nitstsa» klubi ushbu futbolchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmoqda va muzokaralar o'tkazmoqda.

Ma'lumot uchun, Marsial «Lion» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u avvalroq «Monako», «Manchester Yunayted», «Sevilya», Gretsiyaning AEK va «Monterrey» klublarida ham o'ynagan.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 3,5 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar