Bugun
6
O'zbek

Konseysau: «O‘zbekistonning taktikasi — birinchi golimizni imkon qadar uzoqroq vaqt o‘tkazib yubormaslik»

Futbol
23 iyun, 06:23
Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi guruh bosqichi 2-tur doirasidagi O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida gapirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Konseysau: «O‘zbekistonning taktikasi — birinchi golimizni imkon qadar uzoqroq vaqt o‘tkazib yubormaslik»
Foto: Getty Images
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Fransishku Konseysau jahon chempionati guruh bosqich 2-turi doirasida O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men ularning [O‘zbekiston] taktikasi imkon qadar bizning birinchi golimizni uzoqroq vaqt o‘tkazib yubormaslik bo‘lishini bilaman. Buning uchun besh nafar himoyachidan iborat — juda uyushgan, o‘zaro bir-birini tushunadigan va jamoaviy o‘yin ko‘rsatadigan himoya chizig‘iga tayanishadi», - deya Fransishku Konseysau so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline nashri

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya milliy jamoasi 1-turda Kongo DR bilan durang qayd etgan, Fabio Kanavarro shogirdlari esa Kolumbiyaga (1:3) imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar