Bugun
6
O'zbek

Oʻzbekiston Portugaliyaga qarshi oq libosda oʻynaydi

Futbol
22 iyun, 22:40
Ushbu bahs oldidan FIFA vakillari hamda jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Oʻzbekiston Portugaliyaga qarshi oq libosda oʻynaydi
Foto: UFA
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

Oʻzbekiston milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqich 2-tur doirasidagi Portugaliyaga qarshi bahsda oq libosda oʻynaydi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

«Bugun, 23 iyun kuni Oʻzbekiston milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Portugaliyaga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Ushbu bahs oldidan FIFA vakillari hamda jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda musobaqa reglamentiga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.

Qayd etish lozim, bu oʻyinda futbolchilarimiz toʻliq oq, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma'lum boʻldi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Portugaliya — Oʻzbekiston qarama-qarshiligini Mirzahakim Toʻxtamirzayev sharhlashi ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar