Bugun
6
O'zbek

Portugaliya – O‘zbekiston bahsini Mirzahakim To‘xtamirzayev sharhlaydi

Futbol
22 iyun, 06:33
Bu haqda sharhlovchi Murod Rizayev ma’lum qildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Portugaliya – O‘zbekiston bahsini Mirzahakim To‘xtamirzayev sharhlaydi
Foto: Getty Images
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatidagi Portugaliyaga qarshi bahsini taniqli sharhlovchi Mirzahakim To‘xtamirzayev sharhlab boradi.

Bu haqda sharhlovchi Murod Rizayev o‘zining Telegram kanali orqali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Portugaliya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 23 iyun kuni soat 21:50 da «Sport» telekanali orqali namoyish etiladi va uchrashuvni Mirzahakim To‘xtamirzayev sharhlab beradi.

Shuningdek, «Futbol TV» va «Zo‘r TV» telekanallari uchun bahsni Xayrulla Hamidov hamda Davron Fayziyev stadionning o‘zidan turib sharhlashi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk turda Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Portugaliya esa Kongo DRga qarshi bahsda 1:1 hisobidagi durang qayd etgan. Shu sababli navbatdagi o‘yin har ikki jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar