Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Enso Fernandes 2026 yilgi Jahon chempionatini 2022 yilda Qatarda o‘tkazilgan mundial bilan taqqosladi.
«Menimcha, futbol tobora bir-biriga o‘xshab bormoqda. Ushbu Jahon chempionati Qatardagi mundialdan ko‘ra raqobatliroq. Ko‘plab milliy jamoalar kutilmagan natijalar qayd etmoqda va turnirda muhim rol o‘ynamoqda», — deya Fernandesning so'zlarini keltirdi TyC Sports.
Argentina milliy jamoasi bugun Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Avstriyaga qarshi maydonga tushadi. Jamoa 28 iyun kuni Iordaniya bilan ham bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.