L'Equipe media guruhi Belgiya milliy jamoasi vingeri Jeremi Doku bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qildi.
Gap shundaki, L'Equipe jurnalisti Frans Pierron avvalroq Doku turmush o‘rtog‘ining farzand dunyoga keltirishi sababli Jahon chempionatidagi bahslardan birini o‘tkazib yuborishi mumkinligini tanqid qilgandi.
«Yuzlab futbolchilar sening o‘rningda bo‘lish uchun hamma narsaga tayyor. Sen esa otaning foydasi yo‘q bo‘ladigan joyga ketishni xohlaysan», — degan edi jurnalist.
Shundan so‘ng L'Equipe media guruhi rasmiy bayonot bilan chiqdi.
«19 iyun kuni L'Equipe de Choc dasturidagi munozara davomida Frans Pierron telekanalning ko‘plab tomoshabinlarini hayratda qoldirgan fikrlarni bildirdi.
L'Equipe ushbu bayonotlardan uzoqlashadi. Ular media guruhimiz qadriyatlariga zid hisoblanadi. Shuningdek, biz tilga olingan futbolchidan hamda auditoriyamizdan uzr so‘raymiz», — deyiladi bayonotda.
Ma’lumot uchun, Frans Pierron keyinchalik o‘z so‘zlari uchun afsusda ekanini bildirib, otalarning oiladagi o‘rnini kamsitish niyatida bo‘lmaganini aytgandi. Jeremi Doku esa turmush o‘rtog‘ining tug‘ruq jarayoni sabab Jahon chempionati bahsini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.