Bugun
6
O'zbek

Deklan Rays: «Maydonni tark etmaslik uchun tanangizni qurbon qilishga tayyorsiz»

Futbol
22 iyun, 05:56
Angliyalik yarimhimoyachi mavsumdagi og‘ir taqvim haqida gapirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Deklan Rays: «Maydonni tark etmaslik uchun tanangizni qurbon qilishga tayyorsiz»
Foto: Getty Images
23.06.2026, 16:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya - : - Gana Gana

«Arsenal» klubi va Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Deklan Rays ushbu mavsumdagi zich taqvim haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu aql bovar qilmas darajadagi o‘yinlar soni. Taqvim juda og‘ir edi, ammo bu borada nima ham qila olamiz? O‘tirib olib shikoyat qilishning foydasi yo‘q.

APLdagi chempionlik kabi lahzalar uchun ishlashda davom etishimiz kerak. O‘sha hisni yana bir bor tuyish uchun imkon qadar ko‘proq bahslarda maydonga tushishga tayyor bo‘lasiz, ayniqsa oldinda Jahon chempionati turgan bo‘lsa.

Siz doimo o‘yinda qolish uchun tanangizni qurbon qilishga ham tayyor bo‘lasiz. Ha, o‘yinlar ko‘p, biroq mavsum oxirida dam olish imkoniyati bo‘ladi», — deya Raysning so'zlarini keltirdi The Telegraph nashri.

Ma’lumot uchun, Angliya milliy jamoasi Jahon chempionatining 2-turida 23 iyun kuni Gana milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bahs Boston shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Gana Gana
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar