Live
2
O'zbek

Kroos: «Hozirgi vaqtda Keyn dunyodagi eng yaxshi zarbaga ega»

Futbol
20 iyun, 05:30
«Real» klubi va Germaniya milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi angliyalik hujumchining o‘yiniga yuqori baho berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Kroos: «Hozirgi vaqtda Keyn dunyodagi eng yaxshi zarbaga ega»
Foto: Getty Images

Ispaniyaning «Real Madrid» va Germaniya milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keynning JCH-2026dagi harakatlarini yuqori baholadi.

«Hozirda u ham bosh bilan, ham oyoq bilan dunyodagi eng yaxshi zarbaga ega. U bu kabi to‘plarni qanday mohirlik bilan boshqarayotgani, hayratlanarli. Agarda Angliya shu ruhda davom etsa, musobaqada g‘olib bo‘lishi ham hech gap emas», — deya Kroos so‘zlarini keltirdi BILD nashri.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati-2026 1-turi doirasida 17 iyun kuni Tomas Tuxel boshchiligidagi Angliya milliy jamoasi Xorvatiyani mag‘lubiyatga uchratdi (4:2). Harri Keyn ushbu bahsda dubl muallifiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar