Turkiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Arda Güler jahon chempionatini muddatidan oldin tark etish haqida fikr bildirdi.
Turkiyaliklar guruh bosqich 2-turida Paragvayga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi va 3-turda AQShga qarshi o'yin natijasidan qat'i nazar guruhda faqat 4-o'rinni egallashi aniq bo'ldi.
«Milliy jamoada faoliyatim davomida odamlar bu turnirni unutishi uchun qo'limdan kelgan barchasini qilaman.
Biz juda kuchli jamoalarda o'ynaymiz, buning maydonda ko'rsatishimiz kerak edi. Lekin bunga erisha olmadik. Tezkor gol o'tkazib yubordik. Aytishga ortiqcha gap yo'q.
Biz juda afsusdamiz. O'zimizdan uyalayapmiz, butun xalqimizdan uzr so'raymiz. Keyingi turnirlarda maksimal darajada harakat qilamiz», — dedi Arda.