Live
1
O'zbek

Ibrahimovich: «AQShda jahon chempioni bo'lish uchun imkon bor»

Futbol
20 iyun, 03:15
Shvetsiyalik sobiq futbolchi AQSh milliy jamoasini ushbu mundialda g'olib bo'lish imkoniga ega deb hisoblaydi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Ibrahimovich: «AQShda jahon chempioni bo'lish uchun imkon bor»
Foto: Getty Images
19.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) AQSH AQSH 2 : 0 Avstraliya Avstraliya

Shvetsiyalik sobiq futbolchi Zlatan Ibrahimovich AQSh milliy jamoasini 2026 yildagi jahon chempionatida g'olib bo'lish imkoniyatiga ega deb hisoblaydi.

Qayd etish lozim, Maurisio Pochetino boshchiligidagi jamoa Paragvay (4:1) va Avstraliya (2:0) ustidan g'alaba qozonib, turnirning pley-off bosqichiga chiqdi.

«Agar avval shubhalangan bo'lsangiz, yana bir bor aytaman: bu jamoaga ishonish vaqti keldi. Ularni butun mamlakat qo'llab-quvvatlamoqda, bunday yordam jamoaning imkoniyatlarini yanada kuchaytiradi.

Avstraliyaga qarshi o'yin ajoyib bo'ldi. Tan olish kerak, avstraliyaliklar raqib darvozasi oldida jiddiy xavf yarata olmadi.

Jahon chempionatigacha bo'lgan barcha narsa endi ahamiyatsiz. Hozir eng muhim — bugun ko'rayotganimiz. Jamoa kerakli impulsni topdi va bu aynan ularga kerak edi.

Ular har bir keyingi o'yinda ishonchni oshirib borishlari kerak. Pley-offga chiqishgach, ayrim futbolchilarga dam berish imkoni ham paydo bo'ladi. Umuman olganda, vaziyat ular uchun yaxshi ketmoqda», — deydi Ibrahimovich Daily Mail nashriga bergan intervyusida.

Qolaversa, AQShning jahon chempionatida g'olib bo'lish imkoniyati haqidagi savolga sobiq futbolchi ishonch bilan javob berdi: «Ha, ularda bunday imkon bor».

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
  • Avstraliya Avstraliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar