Braziliyalik afsonaviy sobiq futbolchi Ronaldinyo Italiya "Ravenna" jamoasida doimiy ravishda o'ynamaydi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, u klub hayotidagi ishtiroki reklama kampaniyalari va o'rtoqlik uchrashuvi bilan cheklanadi.
Ronaldinyo o'yinchilik faoliyati davomida "Gremio", "PSJ", "Barselona", "Milan", "Flamengo", "Atletiko Mineyro", "Kerétaro" va "Fluminense" klublarida to'p tepgan.
Keyinchalik u Hindiston jamoalarida futzal ham o'ynagan. Bundan tashqari, futbolchi 1999 yildan 2013 yilgacha Braziliya milliy jamoasi sharafini himoya qilgan. Futbolchi hisobida ko'plab sovrinlar mavjud bo'lib, ular orasida "Oltin to'p" ham bor.