Jahon chempionati 2-tur o'yinlari davom etmoqda. Braziliya milliy jamoasi Haiti bilan bellashadi.
Toshkent vaqti bilan soat 05:30da boshlanadigan bellashuv uchun asosiy tarkiblar eʼlon qilindi.
Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti jamoasi hisobida bir ochko bor. Haiti esa birorta ochko to'play olgani yo'q.
JCH-2026. 2-tur
Braziliya – Haiti
Braziliya – Alisson, Gabriel, Danilo, Markinos, Santos, Kazemiro, Gimaraes, Paketa, Rafinya, Vinisius, Kun'ya.
Haiti – Plasid, Arkyus, Ad, Delkrua, Eksperyans, Dyubern, Bellegard, Jan Jak, Providans, Pyerro, Kazimir.