Braziliyalik afsonaviy sobiq futbolchi Ronaldinyo kutilmagan qarorga keldi.
Gazzetta dello Sport nashri xabar berishicha, u 46 yoshida futbolchilik faoliyatini tikladi. Endilikda Italiya C Seriyasida ishtirok etuvchi «Ravenna» klubi bilan kelishuvga erishgan. Klubga tadbirkor Ignazio Chipriani egalik qiladi.
«Ronaldinyo bilan shartnoma imzolash – klub uchun haqiqatan ham ajoyib voqea: u mening kumirim bo'lgan, uning futbolga ta'siri maydonda erishgan yutuqlaridan ancha kengroq», — dedi Chipriani.
Manbaga ko'ra, Ronaldinyo bilan shartnoma imzolangani haqida 23 iyun kuni Mayamidagi tantanali tadbirda e'lon qilinadi. Unda shuningdek klubning yangi libosi ham taqdim etiladi.