Live
1
O'zbek

Balogun AQSH — Avstraliya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
19 iyun, 18:11
Florin sariq kartochka oldi va zaxiraga ham olindi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Balogun AQSH — Avstraliya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Фото: Getty Images
19.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) AQSH AQSH 2 : 0 Avstraliya Avstraliya

AQSH milliy jamoasi hujumchisi Florin Balogun Avstraliyaga qarshi kechgan o'yinning (2:0) eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

24 yoshli amerikalik hujumchi bahs boshida raqib darvozasi tomon xavfli uzatmani amalga oshirdi va bu vaziyat avtogol bilan yakunlandi.

Shuningdek, u uchrashuv davomida sariq kartochka oldi va 90+6-daqiqada zaxiraga olindi.

AQSH terma jamoasi 6 ochko bilan D guruhida peshqadamlik qilmoqda va JCH-2026 pley-off bosqichi yo'llanmasini naqd qilib ulgurgan. Avstraliya esa 3 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog'onasini band etgan.

Guruh bosqichining 3-turida 26 iyun kuni amerikaliklar Turkiyaga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
  • Avstraliya Avstraliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar