Live
1
O'zbek

«Lids» Brandt va Uilsonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
19 iyun, 17:59
Ikkala futbolchining ham o‘z klublari bilan shartnomalari iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Lids» Brandt va Uilsonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Lids» klubi Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Yulian Brandt va «Fulhem» vingeri Harri Uilson bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Ikkala futbolchining ham o‘z klublari bilan shartnomalari iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Brandt 2019 yildan buyon «Borussiya» safida to‘p tepib keladi. 2025/2026 yilgi mavsumda yarimhimoyachi barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uilson o‘tgan yili «Lids»ga o‘tishga tayyor edi, biroq kelishuv so‘nggi pallada amalga oshmay qolgan edi. 2025/2026 yilgi mavsum uelslik futbolchining faoliyatidagi eng yaxshisi bo‘ldi — u Angliya Premer-ligasidagi 36 ta o‘yinda 10 ta gol urib, yettita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lids Lids
Bugungi yangiliklar