Live
1
O'zbek

Pulishich Avstraliyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi — Romano

Futbol
19 iyun, 14:10
Futbolchiga boldir mushagidagi jarohat halaqit bermoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Pulishich Avstraliyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi — Romano
Фото: Getty Images
88’ Jahon chempionati (JCH-2026) AQSH AQSH 2 : 0 Avstraliya Avstraliya

AQSH milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kristian Pulishich jarohati sababli jahon chempionati D guruhi 2-turidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi o‘yinda o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Qayd etilishicha, futbolchiga boldir mushagidagi jarohat halaqit bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 1-turda Paragvayga qarshi kechgan o‘yinda (4:1) noqulaylik his qilib, uchrashuvni final hushtagigacha yakunlay olmagan edi.

Jahon birinchiligi guruh bosqichining yakuniy turida AQSH milliy jamoasi 26 iyun kuni Turkiya bilan o‘ynaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
  • Avstraliya Avstraliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar