Tajribali, 37 yoshli Polsha milliy jamoasi hujumchisi Robert Levandovski o‘tgan mavsum yakunlangach, «Barselona»ni tark etdi.
The Touchline nashrining xabariga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati Levandovskini qo‘yib yuborish borasida qaroridan afsuslanishni boshlagan. May oyida klub yangi markaziy forvard sotib olishda hech qanday muammoga duch kelmasligiga ishongan. Biroq Hulian Alvares va Joao Pedro transferlari kutilganidan qiyinroq bo‘lib chiqdi.
Ma’lumot uchun, Levandovski 2022 — 2026-yillar oralig‘ida «Barselona» sharafini himoya qilib keldi. O‘tgan davr mobaynida forvard 193 ta o‘yinda 120 ta gol urdi va 24 ta golli uzatma amalga oshirib berdi.
Avvalroq, Robert ispan grandidan ketgach, o‘zini xotirjamroq his qilishini aytib o‘tgandi.
Ta’kidlanishicha, Levandovski faoliyatini MLSda davom ettirishga yaqin. Polshalik futbolchini «Chikago Fayr» jamoasi o‘z safida ko‘rmoqchi.