Bugun
14
O'zbek

Jazoir FIFA'ga Shimon Marchinyak ustidan rasmiy shikoyat kiritdi

Futbol
19 iyun, 15:33
Ular Argentinaga qarshi bahsni boshqargan bosh hakamdan norozi bo‘ldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Jazoir FIFA'ga Shimon Marchinyak ustidan rasmiy shikoyat kiritdi
Фото: Getty Images

Jazoir futbol federatsiyasi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Argentinaga qarshi bahsni boshqargan hakamdan norozi bo‘ldi.

TSA nashri xabar berishicha, afrikaliklar bosh hakam polyshalik Shimon Marchinyak tomonidan yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xatolar yuzasidan FIFA'ga rasmiy shikoyat ariza bilan murojaat qildi.

Taqdim etilgan shikoyatnomada qayd etilishicha, bahs davomida argentinlik futbolchilar tomonidan sodir etilgan ikkita jiddiy qoidabuzarlik hakam tomonidan jazolanmagan.

Xususan, birinchi vaziyat o‘yinning 31-daqiqasida yuz bergan: Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi raqib himoyachisi Ayssa Mandining boldir qismiga butsasining tishlari (shipi) bilan ochiqchasiga zarba bergan bo‘lsa-da, Marchinyak hattoki sariq kartochka ham ko‘rsatmagan.

Ikkinchi hakamlik xatosi sifatida uchrashuvning 74-daqiqasida argentinlik yarimhimoyachi Aleksis Makallisterning jazoiyrlik vinger Ibrohim Maza yuz qismiga tirsak bilan zarba bergani ko‘rsatilgan.

Bugungi yangiliklar