"Tottenhem" va Niderlandiya milliy jamoasi himoyachisi Mikki van de Ven "Barselona" va "Liverpul"ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar bermoqda De Telegraaf.
Manbaga ko'ra, ikkala klub ham futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rmoqda. Chunki "Tottenhem" haligacha niderlandiyalik 25 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmagan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, van de Ven 2023 yildan buyon "taqachalar" safida to'p surib keladi.
O'tgan mavsumda futbolchi 45 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.