«Marsel» klubi daniyalik yarimhimoyachisi Per-Emil Høybergni sotib olish masalasida «Beshiktosh» tomonidan berilgan taklifni rad etdi. Bu haqda nufuzli L’Équipe nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, Istanbul klubi 29 yoshli futbolchi uchun taxminan 10 million yevro taklif qilgan.
Qayd etilishicha, ushbu yozgi transfer oynasida xavbekning Fransiya klubini tark etish ehtimoli juda yuqori. Sababi, provansaliklar UEFAning moliyaviy reglamenti (feyr-pley) cheklovlariga sig‘ish uchun bir qator yetakchi ijrochilarni sotishga majbur bo‘lmoqdalar.
Høyberg futbolchilik faoliyati davomida «Bavariya», «Augsburg», «Shalke», «Sauthëmpton» va «Tottenhëm» kabi klublarda to‘p tepgan.