Bugun
14
O'zbek

Kristensen "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi – Romano

Futbol
19 iyun, 15:38
Tomonlar 2028 yilning yoziga qadar moʻljallangan yangi mehnat shartnomasini imzolashadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Kristensen "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi – Romano
Фото: Getty Images

"Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen klub bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, tomonlar 2028 yilning yoziga qadar moʻljallangan yangi mehnat shartnomasini imzolashadi.

Futbolchiga Angliya va Italiya klublari tomonidan jiddiy qiziqishlar boʻlganiga qaramay, daniyalik futbolchi "koʻk-anorranglilar" safida qolish asosiy ustuvor vazifa hisoblanadi.

Oʻtgan mavsumda Kristensen "Barselona" tarkibida barcha turnirlar doirasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

Transfermarkt portali bergan ma'lumotlarga koʻra, futbolchining ayni damdagi transfer bahosi 8 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar