«Barselona» «Yuventus»ning qanot himoyachisi Andrea Kambyazoga qiziqish bildirishda davom etmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» italiyalik futbolchini sotib olish bo‘yicha kelishuvga Ronald Arauxoni ham qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Kambyazoga ishonmoqda, biroq Turin klubi «byudjet cheklovlari» tufayli futbolchini sotish ehtimolini istisno etmayapti.
Ma’lumot uchun, Kambyazo o‘tgan mavsumda barcha musobalarni inobatga olganda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Futbolchining turinliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 20 million yevroga baholamoqda.