"Barselona" klubi yarimhimoyachisi Gavi Ispaniya milliy jamoasidagi sherigi Mark Kukurelyaning "Chelsi"dan "Real"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.
"Bu haqida rasmiy xabardan bir kun oldin — mashg'ulotdan keyin bilib qoldik. Buni kutmagandik, hech kim hech narsa bilmasdi — u hammasini yashirib yurgan ekan.
Lamin u bilan biroz hazillashib qo'ydi, chunki endi aynan Mark klasikoda Yamalga qarshi o'ynash va uni to'xtatishiga to'g'ri keladi.
Kukurelyaga qarshi o'ynashni yaxshi ko'raman. U — juda bezovta qiladigan va yuqori tempda harakat qiladigan raqib. "Qirollik klubi" uchun bu yaxshi transfer bo'ldi va men u uchun xursandman", — deya Gavining so'zlarini keltiradi RAC 1.
Gavi: "Kukurelyaning "Real"ga o'tishini kutmagandim. Bu madridliklar uchun yaxshi transfer bo'ldi"
Futbol
19 iyun, 15:30
"Barselona" yarimhimoyachisi milliy jamoada sherigining transferi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images