Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» hujumchisi Lamin Yamal Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda ishtirok etish istagi borligini ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, jahon chempionatining guruh bosqich 2-turi doirasida «qizil furiya» 21 iyun kuni Osiyo vakiliga qarshi o'tkazadi.
«Hali erta, bunga zarurat yo'q. Men moslashish jarayonidaman, hozir butun o'yinni o'tkazadigan vaqt emas, lekin murabbiy xohlaganicha daqiqa o'ynay olaman. Albatta, biz yakshanba kuni g'alaba qozonishimiz kerak, chunki favoritlar qatoridamiz. Shu sabab g'alaba qozonishimiz shart. Maydonda bo'lishni xohlayman. 90 daqiqa o'ynay olmasligimni bilsanda, jamoaga yordam berishni istaysan», – deya Yamalning so'zlaridan iqtibos keltiradi RTVE.
Eslatib o'tamiz, Yamal turnirning 1-turida Kabo-Verde (0:0) bilan bahsda 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.