Ganalik sobiq yarimhimoyachisi Kevin-Prins Boateng Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
«Agar Ronaldu haqiqiy jamoaaviy futbolchi bo'lganida chetga chiqib, yosh o'yinchilarga o'zlarini ko'rsatishlari uchun imkoniyat bergan bo'lardi. Menimcha, Portugaliya Ronaldusiz yaxshiroq jamoaga aylanadi.
Krishtianu maydonda bo'lganida jamoaga katta bosim tushmoqda. Chunki hamma unga to'p uzatishni istaydi. Agar Portugaliya turnirda uzoqroqqa bormoqchi bo'lsa, Ronaldu ortga chekinishi kerak. Murabbiylar so'nggi 15-20 daqiqada uni zaxiradan maydonga tushirishi kerak», — dedi Boateng.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya turnirning 2-turida O'zbekistonga qarshi bellashadi. Bu bahs 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.