Vedad Muriki faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
"Fenerbahche" 32 yoshli hujumchini "Malyorka"dan sotib oldi.
Transfer qiymati — 15,5 million yevro. Shartnoma 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Kosovolik forward o‘tgan mavsumda La Ligada 37 o‘yinda 23 ta gol urib, to‘purarlar poygasida Kilian Mbappedan keyingi o‘rinni egallagandi. Ammo "Malyorka" 18-pog‘onadan joy olib, Segundaga ravona bo‘ldi.
Vedad Muriki — "Fenerbahche" futbolchisi
Futbol
19 iyun, 14:51
O‘tgan mavsumda La Ligada 23 ta gol urgan hujumchi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
Foto: Fenerbahce SK