Live
1
O'zbek

"MYU" Sheshkoga o'rinbosar izlamoqda. Asosiy da'vogar ma'lum

Futbol
19 iyun, 14:32
Klub 5 nafar forvardni diqqat bilan kuzatmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"MYU" Sheshkoga o'rinbosar izlamoqda. Asosiy da'vogar ma'lum
Фото: Getty Images

"Manchester Yunayted" hujumchi Benjamin Sheshko uchun sezilarli raqobatchiga aylanuvchi va uning o'rnini to'liq bosa oluvchi yangi hujumchi izlash ustida faol ishlamoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Mankunianliklarning bu boradagi asosiy maqsadi "Galatasaroy" a'zosi Viktor Osimhen hisoblanadi. Biroq klubda masalaning moliyaviy tomoni tufayli ham bu transferni amalga oshirish oson bo'lmasligini tushunishadi.

Muqobil variantlar — Jan-Filipp Mateta ("Kristal Peles"), Dushan Vlahovich ("Yuventus"), Eli Krupi ("Bornmut") va "Barselona"ni tark etgan Robert Levandovski.

Ta'kidlanishicha, kelishuv ustidagi ishlar Markus Reshfordni sotishga ham bog'liq bo'ladi. Agar u jamoada qolsa, tarkibga yangi ijrochini qo'shib olish ancha qiyinlashadi.

Osimhenning transfer qiymati 75 million yevroga baholanmoqda. Futbolchi o'tgan klub mavsumida 33 ta o'yinda 22 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar