Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
«Manchester Yunayted» klubi AQSH milliy jamoasi va «Bornmut» yarimhimoyachisi Tayler Adamsga e’tibor qaratdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» 27 yoshli futbolchining o‘yiniga yuqori baho berishmoqda. Klub tahlilchilarining xulosalariga ko‘ra, ba’zi statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha Adamsning natijalari «Oltin to‘p» sohibi Rodri bilan teng yoki hattoki undan ham yaxshiroq.
O‘tgan mavsum Adams barcha musobaqalarni inobatga olganda 26 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Taylerning aktual transfer narxini 25 mln yevroga baholamoqda.