«Chelsi» klubi «Portu» darvozaboni Diogu Koshta bilan shartnoma imzolashi mumkin, deb xabar bermoqda Daily Mirror.
Manbaga koʻra, ingliz klubining yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso darvoza chizigʻini kuchaytirmoqchi. Ayni damda Koshta ehtimoliy transfer sifatida koʻrib chiqilmoqda.
Qayd etilishicha, «Portu» Koshtani 60 mln yevroga baholamoqda, biroq agar darvozabon 2026 yildagi futbol boʻyicha jahon chempionatida oʻzini koʻrsatsa, bu summa oshishi mumkin.
Oʻtgan mavsumda Diogu barcha turnirlarda 49 ta oʻyinda maydonga tushib, ularning 26 tasida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Transfermarkt portaliga koʻra, futbolchining bozor qiymati 40 mln yevroni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, «Portu» 2025/2026 yilgi mavsumda Portugaliya chempionatida muddatidan avval gʻalaba qozongan.