"Real" "Chelsi" va Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Enzo Fernandes bilan kelishuvga erishdi. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Madridliklar va futbolchi o'rtasida 2032 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida o'zaro kelishuv mavjud. Qayd etilishicha, "Real" futbolchini qo'lga kiritish uchun "Chelsi"ga katta taklif tayyorlamoqda. Shuningdek, Fernandesning o'zi ham London klubini tark etib, Madridga o'tishni istamoqda.
Yakunlangan mavsum Enzo barcha musobaqalarda 54 ta o'yinda ishtirok etib, 15 ta gol va 7 ta assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2032 yil yozigacha amal qiladi.
Avvalroq Enzo Alonsoga "Chelsi"dan ketmoqchiligini ma'lum qilgandi.