Bugun
6
O'zbek

Dias O'zbekiston — Kolumbiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
18 iyun, 00:50
Luis ushbu o'yinda 1 gol va 1 assistga mualliflik qildi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Dias O'zbekiston — Kolumbiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston 1 : 3 Kolumbiya Kolumbiya

O'zbekiston milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqich 1-turida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bellashuvdan so'ng kolumbiyaliklar yetakchisi Luis Dias bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Luis ushbu uchrashuvda 1 gol va 1 assistga mualliflik qildi.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston milliy jamoasi 2-turda Portugaliya bilan kuch sinashadi. Ushbu qarama-qarshilik 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Kolumbiya esa navbatdagi o'yinini Kongo DRga qarshi o'tkazadi. Bahs 24 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 07:00 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar