Bugun
6
O'zbek

JCH-2026. Oʻzbekiston ilk turda Kolumbiyaga magʻlub boʻldi

Futbol
18 iyun, 00:01
Fayzullayev mundialda Oʻzbekiston milliy jamoasining ilk goliga mualliflik qildi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
JCH-2026. Oʻzbekiston ilk turda Kolumbiyaga magʻlub boʻldi
Foto: UFA
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston 1 : 3 Kolumbiya Kolumbiya

2026 yildagi jahon chempionatida K guruhi 1-tur bahslari yakuniga yetdi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Oʻzbekiston milliy jamoasi Kolumbiyaga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Kannanaro shogirdlari safida yagona golga Fayzullayev mualliflik qilgan boʻlsa, kolumbiyaliklarning uch goli Munyos, Dias va Kampas nomiga qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu guruhdagi ilk bellashuvda Portugaliya Kongo DR bilan 1:1 hisobida durang oʻynagandi.

JCH-2026. K guruhi. 1-tur
18 iyun. Mexiko. «Mexico city Stadium»
Oʻzbekiston — Kolumbiya 1:3
Gollar:
Fayzullayev 61 — Munyos 41, Dias 66, Kampas 90+9.

Oʻzbekiston — Yusupov, Karimov, Husonov, Ashurmatov (Oʻrozov 77), Abdullayev, Nasrullayev (Sayfiev 46), Mozgovoy, Shukurov, Oʻrunov (Hamdamov 46), Fayzullayev (Amonov 77), Shomurodov (Sergeev 90+3).
Kolumbiya — Vargas, Munyos, Sanches, Lukumi, Mohika, Puerta (Rios 80), Lerma, Rodriges (Kampas 72), Arias (Kastanõ 90+3), Dias (Gomes 90+3), Suares (Ernandes 80).

Ogohlantirishlar: Mohika 7, Husonov 34.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar