Kolumbiya milliy jamoasi futbolchisi Luis Dias jahon chempionatida yorqin debyut qildi.
«Bavariya» vakili guruh bosqich 1-turida O'zbekistonga qarshi o'yin (3:1)ning 40-daqiqasida assist qayd etdi. 65-daqiqada esa o'zi gol urib, jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi — 2:1.
Shu tariqa, Dias Kolumbiya milliy jamoasi tarixida mundiyaldagi debyut o'yinida ham gol urib, ham assist qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. Bu statistika 1966 yildan beri yuritib kelinmoqda.
Umuman olganda, Luis hisobida Kolumbiya milliy jamoasi safida 75 ta o'yinda 23 ta gol bor. Biroq bugungacha u jahon chempionatida ishtirok etmagandi.