O'zbekiston milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqich 1-turida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu natijadan so'ng janubiy amerikaliklar guruhda yakqol peshqadam bo'lib oldi.
O'zaro durang o'ynagan Portugaliya va Kongo DR milliy jamoalari esa mos ravishda 2 hamda 3-pog'onadan joy egallagan. Ilk turda imkoniyatni boy bergan Kannavaro shogirdlari 4-o'rinni band etgan.
Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston milliy jamoasi 2-turda Portugaliya bilan kuch sinashadi. Ushbu qarama-qarshilik 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Foto: Tribuna.uz