Bugun
8
O'zbek

Keyn Angliya — Xorvatiya bahsining eng yaxshi futbolchisiga aylandi

Futbol
17 iyun, 18:37
Harri inglizlar libosidagi gollari sonini 81 taga yetkazib oldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Keyn Angliya — Xorvatiya bahsining eng yaxshi futbolchisiga aylandi
Фото: Getty Images
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 4 : 2 Xorvatiya Xorvatiya

Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Keyn ushbu bahsda dublga erishdi. Dastlab penaltini aniq amalga oshirdi. Keyin boshi bilan xorvatlar darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, Angliya mundialni g‘alaba bilan boshladi. Ular keyingi turda Gana bilan bellashadi. Guruhning 3-turida esa Panama bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, Keyn Angliya milliy jamoasidagi gollari sonini 81 taga yetkazib oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar