Live
1
O'zbek

JCH-2026. Yangilangan Angliya, Modrichning soʻnggi «raqsi», Panama va Ganadan kutilmagan xavf. L guruhi haqida

Futbol
17 iyun, 15:25
Navbat L guruhiga yetib keldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
JCH-2026. Yangilangan Angliya, Modrichning soʻnggi «raqsi», Panama va Ganadan kutilmagan xavf. L guruhi haqida
Фото: Getty Images

Jahon chempionati ishtirokchilari tanishtiruvchi so‘nggi guruhga yetib keldik. Bu yerda Angliya — yaqqol favorit. Lekin Xorvatiyani unutmang. Gana va Panama ham yuqoridagi raqiblariga yaxshigina qarshilik ko‘rsatishi mumkin.

Angliya

Bosh murabbiy: Tomas Tuxel Angliya milliy jamoasida Garet Sautgeyt oʻrnini egallab, nihoyat yulduzlarga boy tarkib bilan katta sovrin yutish vazifasini oldi. Avvalgi murabbiydan farqli ravishda, nemis mutaxassisida top-klublarda ishlash tajribasi yetarli. U turli jamoalar bilan katta yutuqlarga erishgan. Qolaversa, nomlarga unchalik eʼtibor qaratmasligini yana bir marta isbotladi. Palmer, Maguayr kabi etakchilarni mundialga olib kelmaslikka qaror qildi.

Yulduz: Angliya tarkibi yulduzlarga juda boy. Eng asosiylariga to‘xtalsak: Xarri Keyn — jamoa yuzi, sardor va hujumdagi asosiy umid. Deklan Rays — markaz yarimhimoyani mustahkamlaydi. Bukayo Saka — qanotda xavfli ekanligini hamma yaxshi biladi.

Tarkib:
Darvozabonlar: Jordan Pikford («Everton»), Din Henderson («Kristal Pelas»), Jeyms Trafford («Manchester Siti»)

Himoyachilar: Ezri Konsa («Aston Villa»), Jon Stounz («Manchester Siti»), Mark Gehi («Manchester Siti»), Den Bern («Nyukasl»), Jarell Kuansa («Bayer»), Trevor Chaloba («Chelsi»), Niko O’Rayli («Manchester Siti»), Jed Spens («Tottenhem», Ris Jeyms («Chelsi»)


Yarimhimoyachilar: Deklan Rays («Arsenal»), Elliot Anderson («Nottinghem Forest»), Kobbi Maynu («Manchester Yunayted»), Jordan Henderson («Brentford»), Morgan Rojers («Aston Villa»), Jud Bellinghem («Real»), Eberechi Eze («Arsenal»)

Hujumchilar: Xarri Keyn («Bavariya»), Ayven Touni («Al Ahli»), Olli Uotkins («Aston Villa»), Bukayo Saka («Arsenal»), Noni Madueke («Arsenal»), Markus Reshford («Barselona»), Entoni Gordon («Nyukasl»)

Chempionlikka erishish ehtimoli (Opta): 10,1 foiz.

Xorvatiya

Bosh murabbiy: Xorvatiya milliy jamoasini 2017 yildan beri Zlatko Dalich boshqarmoqda. U Xorvatiyani zamonaviy futboldagi eng muvaffaqiyatli jamoalardan biriga aylantirdi. Murabbiy yaxshi ishladi va ko‘plab yutuqlarga erishmoqda.

— JCH-2018 finali

— JCH-2022 bronza medali

Dalic taktik yangiliklari bilan emas, balki kuchli jamoa muhitini yaratish qobiliyati bilan mashhur.

Yulduz: Luka Modrich — 40 yoshida ham jamoaning yuragi va etakchisi. Bu uning JCHdagi so‘nggi o‘yinlari bo‘ladi. 37 yoshli Ivan Perishich hamon qanotda faol. Yosip Stanishich «Bavariya» bilan muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazdi. Yoshko Gvardiol ham jamoaning asosiy yuragi hisoblanadi.

Tarkib:
Darvozabonlar: Dominik Livakovich («Dinamo Z», Dominik Kotarski («Kopengagen»), Ivor Pandur («Hull Siti»).

Himoyachlar: Yoshko Gvardiol («Manchester Siti»), Duje Kaleta-Kar («Real Sosiedad»), Yosip Shutalo («Ayaks»), Yosip Stanishich («Bavariya»), Marin Pongrachich («Fiorenina»), Martin Erlich («Midtyulland», Luka Vushkovich («Hamburg»).

Yarimhimoyachilar: Luka Modrich («Milan»), Mateo Kovachich («Manchester Siti»), Mario Pashalich («Atalanta»), Nikola Vlashich («Torino»), Luka Suchich, Martin Baturina («Komo»), Kristian Yakich («Augsburg»), Petar Suchich («Real Sosiedad»), Nikola Moro («Bolonya»), Toni Fruk («Rieka»).

Hujumchilar: Ivan Perishich (PSV), Andrej Kramarich («Hoffenhaym»), Budimir («Osasuna»), Marko Pashalich («Orlando Siti»), Petar Musa («Dallas»), Igor Matanovich («Frayburg»).

Chempionlikka erishish ehtimoli: 1,3 foiz.

Gana

Bosh murabbiy: Karlush Keyrush aprel oyida jamoani qabul qildi. U katta tajribaga ega: Aleks Fergyuson yordamchisi sifatida Angliyada chempion bo‘lgan. So‘nggi yillarda u Kolumbiya, Misr, Qatar, Ummon va Eron milliy jamoalarini boshqargan. Eronni uch marta JCHga olib chiqqan.

Yulduz: Asosiy etakchi — Antuan Semenyo. U «Bornmut»dan «Manchester Siti»ga o‘tib, darhol asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi. O‘tgazilgan Angliya Premer-ligasida 17 gol va 4 assist qayd etgan. Tomas Party — markazda, Inaki Uilyams — hujumda. Muhim yo‘qotish — jarohat sabab Muhammad Qudus qatnashmaydi.

Tarkib:
Darvozabonlar: Benjamin Asare («Hearts of Oak»), Lourens Ati-Zigi («St. Gallen»), Jozef Anang («St. Patricks Athletic»).

Himoyachilar: Baba Abdul-Rahmon (PAOK), Gideon Mensa («Auxerre»), Marven Senaya («Auxerre»), Alidu Seydu («Rennes»), Abdul Mumin («Rayo Vallekano»), Jerom Opoku («Istanbul Bashakshehir»), Jonas Ajeti («Wolfsburg»), Kojo Pepra Oppong («Nice»).

Yarimhimoyachilar: Elisha Owusu («Auxerre»), Tomas Party («Vilyarreal»), Kwasi Sibo («Oviedo»), Augustin Boake («St. Etienne»), Kaleb Yirenki («Nordsjælland»), Abdul Fatawu Issaku («Lester»), Kamal Suleymana («Atalanta»).

Hujumchilar: Kristofer Bonsu Baa («Al Qodisiya»), Ernest Nuama («Lyon»), Antuan Semenyo («Manchester Siti»), Brendon Tomas-Asante («Coventry»), Prins Kwabena Adu («Viktoria Plzen»), Inaki Uilyams («Atletik»), Jordan Ayu («Lester»).

Chempionlikka erishish ehtimoli: 0,2 foiz.

Panama

Bosh murabbiy: Tomas Kristiansen murabbiy sifatida katta yutuqlarga erishmagan. Futbolchilik faoliyatida Ispaniya chempionatlarida o‘ynagan, jumladan «Barselona» tizimida tarbiyalangan.

Murabbiy sifatida BAA, Kipr, «Lids» va Belgiyada ishlagan. 2020 yildan Panama milliy jamoasini boshqaradi.

Yulduz: Jamoada katta yulduzlar yo‘q. Eng ko‘zga tashlanadigan futbolchi — Amir Murillo («Beshiktosh»ga o‘tgan). Shuningdek, Edgardo Farinya ham e'tiborda.

Tarkib:
Darvozabonlar: Orlando Moskera («Al Fayha»), Luis Mexia («Nacional»), Sesar Samudio («Marathon»);

Himoyachilar: Sesar Blekmen («Slovan» Bratislava), Xorxe Gutierres («Deportivo La-Guaira»), Maykl Amir Murillo («Beshiktosh»), Fidel Eskobar («Deportivo Saprissa»), Andres Andrade Sedenio (LASK), Edgardo Farinya («Nizhniy Novgorod»), Xose Kordoba («Norwich»), Erik Devis («Kosice»), Jiovani Ramos («Akademiya» Puerto-Kabello), Roderik Miller («Turan»);

Yarimhimoyachilar: Anibal Godoy («San-Diego»), Adalberto Karraskilya («Pumas»), Karlos Harvey («Minnesota»), Kristian Xesus Martinez («Ironi»), Puma Rodriges («Xuares»), Sesar Yanis («Cobresal»), Yoel Barsenas («Mazatlan»), Alberto Kintero («Plaza Amador»), Acarias Londono («Universidad Catolica»);

Hujumchilar: Ismoil Dias («Leon»), Sesilio Uoterman («Universidad Concepcion»), Xose Faxardo (« Universidad Catolica Quito»), Tomas Rodriges («Monagas»).

Chempionlikka erishish ehtimoli: 0,1 foiz.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Gana Gana
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Panama Panama
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar