Live
1
O'zbek

Nevesh Portugaliya — Kongo DR bahsining eng yaxshi futbolchisiga aylandi

Futbol
17 iyun, 15:46
Joau portugaliyadiklarning yagona goliga mualliflik qildi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Nevesh Portugaliya — Kongo DR bahsining eng yaxshi futbolchisiga aylandi
Фото: Getty Images
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 1 : 1 Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi

Portugaliya milliy jamoasi futbolchisi Joau Nevesh Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Kongo DRga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Nevesh ushbu bahsda o'z jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. U bosh bilan aniq zarba berib raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Shuningdek, Portugaliya milliy jamoasi tarkibidagi eng faol futbolchilardan biri bo'ldi va maxsus sovringa ega bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya milliy jamoasi navbatdagi turlarda O'zbekiston va Kolumbiyaga qarshi maydonga tushishadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar