Live
1
O'zbek

Vissa — Kongo DRning Jahon chempionatlaridagi ilk goli muallifi

Futbol
17 iyun, 14:00
Jamoa ikkinchi bor mundialda qatnashmoqda.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Vissa — Kongo DRning Jahon chempionatlaridagi ilk goli muallifi
Foto: Getty Images
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 1 : 1 Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi

Kongo DR milliy jamoasi Jahon chempionatlaridagi ilk to'pini turnirdagi debyutidan 52 yil o'tib kiritdi.

"Nyukasl" hujumchisi Yoan Vissa JCH-2026 1-turidan o'rin olgan Portugaliyaga (1:1) qarshi bahsda hisobni tenglashtirdi. U birinchi taymga qo'shib berilgan 5-daqiqada bosh bilan gol urdi.

Kongo DR milliy jamoasi (1971–1997 yillarda Zoir nomi bilan qatnashgan) 1974 yilgi mundialda Yugoslaviya, Braziliya va Shotlandiya bir guruhdan o'rin olib, o'yinlarning barchasida yutqazgan. Jamoa gol urolmay, 0:14 to'plar nisbatini qayd etgandi.

Jahon chempionatidagi debyutidan keyingi ilk goligacha eng uzoq kutgan jamoa esa Boliviya hisoblanadi. Ular ilk bor 1930 yilgi mundialda qatnashgan bo'lsa-da, birinchi to'pini faqat 1994 yilgi turnirda kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar