Live
1
O'zbek

Ronaldu yirik turnirlarda ketma-ket 10 o'yindan beri gol ura olmayapti

Futbol
17 iyun, 15:56
Bu portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi eng uzoq davom etgan bunday yomon seriya hisoblanadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Ronaldu yirik turnirlarda ketma-ket 10 o'yindan beri gol ura olmayapti
Фото: Getty Images
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 1 : 1 Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi

Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu yirik xalqaro turnirlardagi golsiz seriyasini uzaytirdi.

41 yoshli futbolchi jahon chempionatining 1‑turidan o'rin olgan Kongo DRga qarshi bahsda maydonni golsiz tark etdi.

Shu tariqa, u jahon va Yevropa chempionatlaridagi golsiz o'yinlar soni qatorasiga 10 tagacha yetdi. Bu portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi eng uzoq davom etgan bunday yomon seriya hisoblanadi.

Bundan tashqari, Kongo DR bilan bahs Ronaldu uchun yirik turnirlardagi eng kam to'pga tegingan futbolchiga aylandi. Hujumchi butun uchrashuv davomida to'pga atigi 25 marta tegindi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar