Live
2
O'zbek

Martines: «Asosiy maqsad — Jahon chempionati»

Futbol
17 iyun, 09:15
Portugaliya bosh murabbiyi jamoadan ketishi haqidagi xabarlarga ham munosabat bildirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Martines: «Asosiy maqsad — Jahon chempionati»
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2026dan keyin oʻz lavozimini tark etishini tasdiqladi.

Avvalroq 52 yoshli mutaxassis bitimni uzaytirmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning amaldagi shartnomasi shu yil iyulida tugaydi.

«Biz bu haqida Portugaliyada koʻp gaplashdik. Bu yerda ehtimol vaziyat boshqacha koʻrinishi mumkin, lekin Portugaliyada bu mavzuni bir necha marta muhokama qilganmiz.

Eng muhimi — soʻnggi 3,5 yil davomida qilingan ishni davom ettirish. Kelganimda har doim gʻalaba qozonishga harakat qildim, lekin asosiy eʼtiborni Jahon chempionatiga tayyorgarlikka qaratdim.

Hozir shu yerdamiz: 40 ta oʻyindan soʻng, Millatlar ligasidagi gʻalabadan keyin va maqsad hali ham oʻsha — Jahon chempionati. Tabiiyki, bu haqida yangilik sifatida gapirishmoqda, ammo mening shartnomam mundialdan keyin tugaydi. Va, menimcha, bu yangilik emas — fakt»
, — deya ispaniyalik mutaxassisning soʻzlarini keltiradi Ben Jeykobs.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar