Angliya milliy jamoasining germaniyalik bosh murabbiyi Tomas Tuxel mamlakat madhiyasini JCH o‘yinlari arafasida kuylash niyatida emasligini aytib o‘tdi. Murabbiy faqatgina jamoa finalgacha yetib borgan taqdirda, madhiyani kuylashi haqida aytib o‘tdi.
«Hozircha yo‘q, o‘ylayapman, bunga yetib borganimizcha yo‘q. Balki musobaqa oxirida. Hali ham biroz uyalyapman. Hech kimni ranjitmoqchi emasman va hozir bunga e’tibor qaratilishini istamayman», — deya Tuxel so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Telegraph.
Germaniyalik mutaxassis 2025-yil Angliya milliy jamoasi boshqaruvini qo‘lga oldi. Jahon chempionati-2026da inglizlar L guruhida Xorvatiya, Gana va Panama milliy jamoalari bilan ro‘baro‘ keladi. Tomas Tuxel shogirdlari musobaqadagi birinchi o‘yinini 17 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.